Click · Payme · Paynet

Botingizga to'lov qabul qiling.

Mijoz to'lov sahifasida Click, Payme yoki Paynet orqali to'laydi. Pul kassa balansingizga tushadi, botingizga imzolangan xabar (callback) keladi.

3to'lov tizimi
6%to'lov tushganda
0%Manual yechishda

Mijozlar to'laydigan usullar:

ClickPaymePaynet
Qanday ishlaydi

Kassa ochishdan pul olishgacha

Ro'yxatdan o'tish

Ism, telefon raqam, login va parol. Bir daqiqa oladi, Telegram shart emas.

Kassa

RoxBuilder botlari uchun kassa bir bosishda ochiladi, boshqalari uchun ariza ko'rib chiqiladi.

API kalit

Har kassaga alohida kalit beriladi. Kalitga IP cheklovi qo'yish mumkin.

To'lov

POST /api/create so'rovi qaytargan pay_url ni mijozga yuborasiz.

Imkoniyatlar

Kassa, statistika va pul yechish

Har bot uchun alohida kassa

O'z balansi, API kaliti va to'lov tizimlari. Click, Payme va Paynet'ni har kassada alohida yoqish va o'chirish mumkin.

Tayyor to'lov sahifasi

Mijoz sahifada to'lov tizimini tanlab to'laydi, keyin chek ko'radi. To'lov havolasi 1 soat amal qiladi.

Imzolangan callback

Botingizga keladigan har xabar HMAC-SHA256 bilan imzolanadi, soxta so'rovni ajratib olasiz. Webhookni panelda sinab ko'rish mumkin.

Statistika va hisobotlar

To'langan, kutilayotgan va bekor qilingan buyurtmalar, umumiy tushum. CSV yuklab olish va oylik PDF hisobot.

Kartaga pul yechish

Manual: komissiyasiz, 1–72 soat, ish kunlari. Tezroq: 1%, har kuni, 1 daqiqadan 18 soatgacha.

Telegram shart emas

Hisob ism, telefon, login va parol bilan ochiladi. Botdan foydalanish ixtiyoriy.

Narx

Qancha qolishini oldindan biling

Xizmat haqi (6%) to'lov kassaga tushganda ushlanadi. Pulni kartaga yechishda Manual usul komissiyasiz, Tezroq usul 1%.

so'm
Xizmat haqi (6%)—
Kassa balansiga tushadi—
Manual yechsangiz (0%)—
Tezroq yechsangiz (1%)—

Hisob taxminiy, so'mgacha yaxlitlanadi.

Dasturchilar uchun

API ulash bir necha qatorda

To'lov yarating, mijozga havolani bering, holatni so'rang yoki callback kuting.

  • Daqiqasiga 120 so'rov
  • Callback imzosi: X-Rox-Signature
  • API kalit bazada ochiq saqlanmaydi
API hujjati
# to'lov yaratish
curl -X POST https://pay.tolovgo.uz/api/create \
  -H "Authorization: Bearer KALIT" \
  -d amount=25000 \
  -d order_id=1042

# javob
{
  "pay_url": "https://pay.tolovgo.uz/pay/…"
}

Kassa ochish

Ro'yxatdan o'ting va kassa oching. RoxBuilder botlari uchun kassa bir bosishda, boshqalari uchun ariza ko'rib chiqilgach ochiladi.

Ro'yxatdan o'tish @tolovgobot ni ochish